IT
AyTi Xizmati

Biznesingiz uchun IT yechimlar hamyonbop va sifatli

Veb-saytlar, mobil ilovalar, Telegram botlar va boshqa IT xizmatlar — hamyonbop narxlarda professional natija

Xizmatlarimiz

Biznesingizni raqamli dunyoda rivojlantirish uchun kerak bo'lgan barcha IT yechimlar

Veb-sayt yaratish

$175 dan

Zamonaviy, tez va mobilga moslashgan saytlar — biznesingizning onlayn yuzasi.

  • Landing sahifalar
  • Korporativ saytlar
  • Onlayn do'konlar
  • SEO optimizatsiya

CRM tizimlar

$300 dan

Mijozlar bazasini boshqarish va sotuvni avtomatlashtirish tizimlari.

  • Mijozlar bazasi
  • Avtomatik bildirishnomalar
  • Hisobotlar
  • Integratsiyalar

Mobil ilovalar

$500 dan

Android va iOS uchun qulay va chiroyli mobil ilovalar.

  • Cross-platform
  • UI/UX dizayn
  • Push bildirishnomalar
  • API integratsiya

Telegram botlar

$100 dan

Biznesingiz uchun avtomatlashtirilgan Telegram botlar.

  • Buyurtma qabul qilish
  • Mijoz bilan aloqa
  • To'lov integratsiya
  • Admin panel

Texnik qo'llab-quvvatlash

$50/oy

Mavjud sayt va tizimlaringizni doimiy ishlashini ta'minlaymiz.

  • Xatoliklarni tuzatish
  • Yangilanishlar
  • Monitoring
  • Tezkor yordam

Maxsus dasturlash

Kelishuv

Sizning ehtiyojlaringizga moslashtirilgan individual dasturiy yechimlar.

  • API yaratish
  • Avtomatlashtirish
  • Ma'lumotlar bazasi
  • Integratsiya xizmatlari

Loyihangizni qanday amalga oshiramiz

01

Maslahat

Sizning ehtiyojlaringizni o'rganamiz va eng yaxshi yechimlarni taklif qilamiz.

02

Rejalashtirish

Loyiha strukturasini ishlab chiqamiz va dizayn prototipi tayyorlaymiz.

03

Ishlab chiqish

Zamonaviy texnologiyalar yordamida saytingizni professional darajada yaratamiz.

04

Testlash va Ishga tushirish

Saytni sinab ko'ramiz va internetga joylaymiz.

Savollaringizga shu yerda javob topasiz

Loyiha qancha muddatda tayyor bo'ladi?

Loyiha turi va hajmiga qarab 5 kundan 60 kungacha. Oddiy landing yoki Telegram bot 5–10 kun, korporativ sayt 10–20 kun, CRM tizim 30–45 kun, mobil ilova 30–60 kun atrofida tayyor bo'ladi.

Sayt yaratish narxi qancha?

Landing sahifa $175 dan, korporativ sayt $300 dan, onlayn-do'kon $500 dan boshlanadi. Aniq narx funksionallik, dizayn murakkabligi va sahifalar soniga qarab belgilanadi. Bepul maslahatda aniq taklif beriladi.

Telegram bot yasash narxi qancha?

Oddiy buyurtma qabul qiluvchi bot $100 dan, to'lov integratsiyasi va admin panelga ega bot $200–$400 atrofida. CRM yoki tashqi tizimlar bilan integratsiya talab qilinsa, narx kelishuv asosida belgilanadi.

Mobil ilova qaysi platformalar uchun yaratasiz?

Android va iOS uchun bitta kod bazasidan ishlovchi cross-platform ilovalar yaratamiz (React Native / Flutter). Bu pul va vaqtni tejaydi, lekin mahalliy tezlik va imkoniyatlar saqlanadi.

Qanday xizmatlarni taklif qilasizlar?

Veb-sayt yaratish (landing, korporativ, do'kon), mobil ilovalar (Android va iOS), Telegram botlar, CRM tizimlar, texnik qo'llab-quvvatlash va maxsus dasturlash. Mavjud sayt yoki tizimni qayta dizayn qilish ham mumkin.

Domain va hostingni o'zim sotib olishim kerakmi?

Yo'q. 1 yillik domain va 1 oylik hosting biz tomonimizdan taqdim etiladi. Keyin hosting'ni biz orqali davom ettirishingiz yoki o'zingizning provayderga ko'chirishingiz mumkin.

Buyurtma berilgandan keyin jarayon qanday bo'ladi?

1) Bepul maslahat va talablarni o'rganish; 2) Loyiha strukturasi va dizayn prototipi tayyorlanadi; 3) Siz tasdiqlaganingizdan keyin ishlab chiqish boshlanadi; 4) Testlash va ishga tushirish; 5) Bepul texnik qo'llab-quvvatlash.

Loyiha topshirilgandan keyin texnik yordam bo'ladimi?

Ha. Barcha loyihalarga 1 oydan 3 oygacha bepul texnik qo'llab-quvvatlash beriladi: xatoliklarni tuzatish, kichik o'zgartirishlar va maslahatlar. Keyin oylik kelishuv asosida davom ettirish mumkin ($50/oy dan).

To'lov qanday amalga oshiriladi?

50% oldindan to'lov loyiha boshida, qolgan 50% loyiha topshirilgandan keyin. To'lov Click, Payme, naqd yoki bank o'tkazmasi orqali qabul qilinadi. Xorijiy mijozlar uchun USD orqali ham mumkin.

Sayt SEO-ga moslashganmi?

Ha. Har bir sayt SEO-ga moslab yaratiladi: tezlik (Core Web Vitals), to'g'ri meta-teglar, sitemap, robots.txt, structured data (schema.org), mobil-friendly va Google Search Console ulanishi. AI search engine'larga ham moslashtiriladi (AEO).

Saytni mustaqil tahrirlash mumkinmi?

Ha. Har bir korporativ sayt va onlayn-do'kon uchun oddiy boshqaruv paneli (admin panel) beriladi — matn, rasm, mahsulot va narxlarni dasturchisiz o'zgartirishingiz mumkin. CMS sifatida Strapi, Sanity yoki maxsus yechim ishlatamiz.

Mavjud saytimni yangilash yoki tezlatish mumkinmi?

Ha. Mavjud saytni audit qilamiz: SEO holati, tezlik, dizayn, xavfsizlik. Keyin: faqat optimallashtirish, qayta dizayn yoki to'liq qayta yozish — qaysi biri tezroq va arzonroq bo'lsa, shuni taklif qilamiz.

Toshkent'dan tashqaridagi mijozlar bilan ishlaysizmi?

Ha. Butun O'zbekiston va xorijdagi mijozlar bilan masofadan ishlaymiz. Aloqa Telegram, Zoom, telefon va elektron pochta orqali olib boriladi. Hujjatlar va shartnomalar elektron tarzda imzolanadi.

Qaysi texnologiyalarda ishlaysizlar?

Frontend: React, Next.js, Astro, Vue. Backend: Node.js, Python (Django/FastAPI), PHP (Laravel). Mobil: React Native, Flutter. Ma'lumotlar bazasi: PostgreSQL, MongoDB, MySQL. Cloud: Vercel, Railway, AWS, DigitalOcean.

Bepul konsultatsiya uchun raqamingizni qoldiring