CRM (Customer Relationship Management) — bu mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish tizimi. Excel va telefon bloknotidan keyingi qadam. Mijozlar 50 dan oshganda yoki har oyda 30 dan ortiq buyurtma kelganda — CRM zarur.
CRM siz Excel’dan qanday farq qiladi?
| Excel / bloknot | CRM tizim |
|---|---|
| Qidirish — 5 daqiqa | 2 soniya |
| Mijoz tarixi — turli joylarda | Bitta sahifada |
| Eslatmalar — yo’q | Avtomatik |
| Bir nechta xodim — to’qnashuvlar | Hammasi sinxron |
| Hisobotlar — qo’lda | Avtomatik grafiklar |
| Telefon orqali xabar | Telegram, SMS, email — bitta interfeysda |
Qaysi biznes uchun CRM kerak?
Albatta kerak:
- B2B sotuvlar (mijoz hayotiy davri uzun)
- Real estate (uy-joy agentliklari)
- Avtosalonlar va banklar
- Tibbiy klinikalar
- Kurslar va o’quv markazlari
- B2B servis kompaniyalar (qurilish, ta’mirlash, logistika)
Foydali, lekin majburiy emas:
- Restoran (oddiy buyurtma boti kifoya)
- Kichik kafe (10 dan kam stol)
- Sotib olib qaytaring tipidagi onlayn-do’kon
CRM ichida nima bo’ladi?
- Mijozlar bazasi — telefon, ism, manzil, izoh.
- Sotuv quvuri (pipeline) — yangi → maslahat → kelishuv → to’lov.
- Vazifalar va eslatmalar — kimga zvonit qilish, qaysi kun.
- Hujjatlar — shartnomalar, hisob-fakturalar.
- Aloqa tarixi — qachon qo’ng’iroq qildingiz, nima haqida.
- Hisobotlar — qancha sotuv, kim eng samarali, qaysi mahsulot top.
- Integratsiyalar — Telegram, SMS, Click, Payme, 1C, MySklad.
CRM turlari
1. Tayyor CRM (Bitrix24, AmoCRM, Yandex CRM)
Plus: tezda ishga tushadi, oylik to’lov. Minus: O’zbekiston biznesi uchun ba’zi narsalar mos kelmaydi (Click/Payme yo’q). Narx: oyiga $10–$50 har bir xodimga.
2. Maxsus CRM (sizning ehtiyojingizga moslashtirilgan)
Plus: aniq jarayon, hech narsa ortiqcha emas, lokal integratsiyalar. Minus: boshlang’ich xarajat yuqori. Narx: $300–$2000 yaratish, keyin oyiga $0–$50 hosting.
3. Aralash yondashuv — kichik CRM + Telegram bot
Plus: xodim CRM’da, mijoz bot’da. Hammasi sinxron. Minus: murakkab integratsiya. Narx: $500–$1000.
Qachon CRM yaratish vaqti?
Bu 5 ta belgi bo’lsa — vaqt keldi:
- ✅ Excel fayli 1000+ qator.
- ✅ “Bu mijozni eslay olmayman” — haftada 2–3 marta deysiz.
- ✅ Xodimlar bir xil mijozga zvonit qilishadi.
- ✅ Eski mijozlar yo’qolayotgan (“nega qaytmadi?”).
- ✅ Hisobot tayyorlash 1 kun vaqt oladi.
CRM joriy qilishdagi 3 xato
- Hammasi bir paytda — 50 ta funksiya kerak emas, 5 tasidan boshlang.
- Xodimlarga o’rgatmaslik — eng yaxshi CRM ham, agar xodim ishlatmasa, foydasiz.
- Eski tizimni keskin tashlash — 1–2 oy parallel ishlating.
CRM yaratish bosqichlari
- Audit — hozirgi jarayoningizni o’rganamiz.
- Sxema — ekranlar va xodim rollari.
- MVP — 2–3 hafta ichida ishlay boshlaydigan minimum.
- Ko’chirish — eski ma’lumotlarni yangi tizimga.
- Test va o’rgatish — xodimlar bilan birga.
- Kengaytirish — integratsiyalar, hisobotlar, mobil versiya.
Mobil CRM — kerakmi?
Ha, agar sotuvchilaringiz ko’chada ishlasa (real estate, kuryer, savdo agentlari). Aks holda — veb-versiya kifoya.
Xulosa
CRM — bu xodimning yodi emas, biznesning yodi. Ish jarayonini tartiblaydi, mijozlarni yo’qotmaydi, va o’sish uchun asos yaratadi.
CRM tizimingiz uchun bepul audit → yoki boshqa xizmatlarni ko’ring →